Biz haqimizda

O’zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Elchixonasi hamda Vatandoshlar Jamoat Fondi hamkorligida tashkil etilgan o´zbek Milliy Madaniy Markaz.

Asosiy maqsadimiz:

Shvetsiyadagi o´zbek diasporasini jipslashtirish.

Vatanimizning madaniyati haqida kengroq ma´lumot berish, unga qiziqtirish, o´z millati bilan faxrlanish va o´zligini saqlab qolishga yordam berish.  

O´zbegimning qadr-qimmati cheksiz: bag´rikenglik, g´amho´rlik, mehribonlik, ahillik, birdamlik, mehmondo´stlik,  fahm-farosat, xurmat, go´zal muomala, ibo-hayo, kamtarlik va boshqa cheksiz xususiyatlari buyuk avlod-ajdodlarimizdan bizga meros bo´lib qolgan. Ushbu fazillatlarimizni qadrlab, ularni yosh avlodga yetkazib berish .

O´zbek tili, madaniyat, san´at, buyuk allomalar, diqqatga sazovor joylar, adabiyot, tarix, geografiya va milliy urf-odatlar haqida: ma´lumotlar, tadbirlar, ko´rgazmalar va marosimlarni  tizimli ravishda o´tkazish.

O’zbek madaniyatiga qiziqqan barcha mehmonlar uchun eshigimiz hamisha ochiq bo´ladi. Milliy madaniy markaz – madaniyat va sport masalalari bilan shug´ullanadi. Hush kelibsizlar!

Markazimizda faol qatnashmoqchi bo´lsangiz ushbu elektron pochtaga murojat qiling: uzbekisktkulturcenter@gmail.com

Rasmiy sahifa

O'zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi Vatandoshlar Jamoat Fondi

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
Facebook
Instagram