Vatandoshlar uchun loyihalar

Ushbu bo´limda turli loyihalar joylashtiriladi. Loyiha bo´yicha savollaringiz bo´lsa qo´yidagi elektron manzilga murojat qiling: uzbekisktkulturcenter@gmail.com

Hurmat bilan

Milliy Madaniy Markaz


O´qish loyihasi

Loyihada bolalar va kattalar ishtirok etishi mumkin.

Qatnashish uchun qo´yidagi shartlardan birini bajarib bizga yuborishingiz kerak:

  • O’zbek tilida kitob o´qing/eshiting. Agar o´zbek tilida topa olmasangiz boshqa tilda ham mumkin. Nimaga aynan shu kitobni o´qish kerakligi haqida o’zbek tilida qisqa tavsiya yozma/og´zaki tarzda yuboring (taxminan 2-5 ta gap).
  • Kitob o‘qiyotganingizda chiroyli o‘qish muhitini suratga oling.
  • O´qigan kitob mazmuni asosida rasm chizing.

Mukofot:

  • Online diplom.
  • Ishingiz saytimizda joylashtiriladi.

O’qish manbalarini shu yerda topish mumkin:

O´qish loyihasida vaqt cheklanmagan.

Omad tilaymiz!

Misol va batafsil ma´lumotni sahifamizda ko´rishingiz mumkin. 

Shvetsiyadagi jajji vatandoshimiz Yasminadan (8 yosh) O´qish loyihasiga yuborgan ishi:

”- Musse va Helium kitobi, aka-singil sichqonchalarning hayajonli va sehrli sarguzashtlari haqidagi, shved fantastika janridagi hikoyasidir. Sichqonchalar ”Hayvonot olami” deb nomlangan mo’jizali dunyoga tushib qolishadi. Musse va Helium bu dunyoda juda muhim vazifani bajarishlari kerak bo’ladi.

U yerda topgan yangi do’stlari ularga bu katta sarguzashtda yordam berishadi. Bundan tashqari, ”Hayvonot olami”ni yovuz Kabutar va boshqa yomonliklardan himoya qilishlari kerak. Hikoyadagi barcha qahramonlar hayvonlar bo’lib, ijobiy qahramonlarning asosiy xususiyati ularning ko’zlari katta va samimiy bo’lishidir.

Rasmlarining rang-barangligi tufayli kitob diqqatimni jalb qilib, o’qishni davom ettirgim kelardi. Bu asar mo’jizalarga boy bo’lib, yaxshi do’st va aka-singillarni bir-birlariga mehribon bo’lishiga undaydi. O´qishga tavsiya qilaman.”

Kitob mualliflari: Camilla Brinck, Maria Isacsson
Rassom: Jan Jäger
Musse va Helium 3-12 yoshli bolalarga mo‘ljallangan.

Yasmina, 8 yosh, Stokgolm.
Milliy Madaniy Markaz uchun

Shvetsiyadagi vatandoshimiz Umid Ishankulovdan (8-sinf)
O´qish loyihasiga yuborgan ishi. Hissangiz uchun katta rahmat!

Kichkina Shahzoda asariga tavsiyanoma:

https://docs.google.com/…/114A79B…/edit…

Hurmat bilan,

Milliy Madaniy Markaz

“O‘qish loyihasi” uchun “Kecha va Kunduz” asariga tavsiyanoma.

Cho‘lponning ”Kecha va Kunduz” romani 1927-yilda yozilgan bo‘lib, o‘zbek jamiyatidagi ijtimoiy va shaxsiy qarama-qarshiliklarni tasvirlaydi. Bosh qahramon, yosh ziyoli Muhammad Solih, ichki dunyosi va tashqi olam o‘rtasida kurashadi. Roman o‘tgan zamon va hozirgi davrni qarama-qarshi qo‘yib, ijtimoiy o‘zgarishlarning inson hayotiga ta’sirini ko‘rsatadi.

Asar adolat, erkinlik va inson huquqlari kabi g‘oyalarni yoritib, insonning orzulari, kurashlari va maqsadlari haqida chuqur fikr yuritadi. Unda o‘z ichki dunyoni anglash va qarorlar qabul qilish zarurligi, ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashishning ahamiyati, maqsad sari intilish, shaxsiy mas’uliyat bilan manfaatni muvozanatlashtirish kabi mavzular yoritiladi.

Mazkur asar ko‘plab saboqlarni o‘rgatgani sababli uni barchaga o´qishga tavsiya qilamiz.

Asarni shu sahifada topishingiz mumkin:
https://qr.natlib.uz/file/read/047fe27a-0c61-4d5d-a92c-3988d89be78d.pdf

Hurmat bilan,
Milliy Madaniy Markaz
Shvetsiyadagi vatandoshimiz Sara Mahmudovadan (14 yosh) “O´qish loyihasi” uchun yuborgan ishi. Katta rahmat!

MaugliJozef Redyard Kipling 1894-yilda nashr etilgan mashhur asar bo’lib, unda inson bolasi – Maugli va uning Hindistondagi yovvoyi junglidagi hayoti tasvirlangan. Maugli bolaligidan bo’rilar to’dasida ulg’ayadi. U sherlar podasi, qoplon Bagiraayiq Baloo va boshqa hayvonlar tomonidan tarbiya qilinadi. Har bir jonivor unga o’z hayot tajribasini o’rgatadi, ongli qarorlar qabul qilish qobiliyatini unda rivojlantirib g’amxo’rlik qilishadi.

Ushbu asar sadoqat, jasorat, kuchli iroda, o’zligini tanib qabul qilish, tabiat bilan uyg’unlik haqida chuqur falsafiy va ma’noli hikoya sifatida butun dunyoga tanilgan.

Asar insoniy qadriyatlar asosida hayotga qarashni o’rgatadi. Yaxshi yomondan farqlash, to‘g‘ri yo‘lni tanlash va qiyin vaziyatlarda qo‘rquvni yengish kerakligiga chorlaydi. Asarni ayniqsa o´zbek tilida o´qish juda maroqli. Bu kitobni albata hammaga o´qishga tavsiya qilaman.”

Muallif: Sara Mahmudova, 14 yosh, Stokgolm.
Milliy Madaniy Markaz uchun

”Bayrog’im – g’ururim!” 

”Vatandoshlar” jamoat fondi loyihasi

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 33 yilligi munosabati bilan barchangizni muborakbod etamiz!

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan bo´lib, bayrog´imiz bizning milliy g‘ururimiz, mustaqilligimiz va tarixiy qadriyatlarimizni ifodalovchi muqaddas ramzlardan biridir!

Xorijdagi vatandoshlarimiz tomonidan ”Bayrog’im – g’ururim!” (”Vatandoshlar” jamoat fondi) loyihasiga yuborilgan asarlardan bahramand bo´ling.

Hurmat bilan,

Milliy Madaniy Markaz

Jasmina Yulchieva, Shvetsiya, Stokgolm, maktab o’quvchisi, Nobel tadqimoti binosi oldida, “Bayrog´im g´ururim” loyihasi uchun, 16-noyabr, 2024 yil.

Jasmina Yulchieva, Shvetsiya, Stokgolm, maktab o’quvchisi, Nobel tadqimoti binosi oldida, “Bayrog´im g´ururim” loyihasi uchun, 16-noyabr, 2024 yil.

Milana Schamp
Belgiya, Leuven shahri, maktab o’quvchisi
Ruxshona Yulchieva, o’rta maktab o’quvchisi va badiiy gimnastika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Shvetsiya chempioni 2020-2024. “Bayrog´im g´ururim” loyihasi uchun, Stokgolm, Sportzal.

Bolalar uchun bo´yoq
Shahnozaxon Nizomova
AQSh, tarjimon
Murodjon Mannopov
Italiya, Turin shahri, Turin politexnika universiteti talabasi
Gulmira Qurbonova
Turkiya, Eskishahar shahridagi Anadolu universiteti talabasi
Asadbek Erkinov
Koreya Respublikasi, Dong-eui universiteti talabasi
Maftuna Bobokulova
Germaniya, talaba
Amir Bayat
Niderlandiya, Eyndhoven shahri, o’quvchi


Oltin kuz loyihasi

O´zbekiston
Stokgolm

Bu yil O’zbekiston Respublikasida Mustaqillik baryramining 33 yiligining asosiy shiori ”Birga xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” bo’lgani uchun, ushbu shior ostida ”Oltin kuz” deb atalgan loyiha boshlaymiz.

Kuz fasli Shvetsiya kengliklari bo´ylab o´z ohangini taratmoqda. Kunlar kundan kunga qisqarib qorong´ilashib bormoqda. Aynan shu kunlarda biz tabiatda g’aroyib manzaralar va noyob ranglarni kuzatishimiz mumkin. Fursatdan foydalanib, tabiatimiz bo’yoqlarga boy kunlarida, obunachilarimizni birlashtirish maqsadi bilan butun kuz davomida, turli san´at asarlarini sahifamizda yig´amiz.

Qatnashish uchun siz “Oltin kuz” manzarasini ifodalovchi: rasm, sur´at, insho, she´r, musiqa, qo´shiq/ashula, video yoki boshqa asar/larni o´zingiz yaratib, ushbu e-post: uzbekisktkulturcenter@gmail.com, facebookimiz yoki instagramimizga yuborishingiz kerak.

“Oltin kuz” mavzusiga mos keladigan barcha ishlar facebook/instagram va saytimiz sahifalariga yuklanadi.

Asaringiz ostida qaysi ma´lumot turishini o´zingiz tanlang. Masalan: Ism-sharif, yosh, joyning nomi, sana; Hohlasangiz mahfiy (anonim) yoki inisial ham qo´yish mumkin.

Dunyoning qaysi qit’asida bo’linshingizdan qat’iy nazar ishtirok eta olasiz. Ushbu raqobatsiz faoliyatga barcha yosh va turli san´at sevarlarini taklif etamiz!

Insho, rasm va sur’atlarga misol:

”Oltin kuz”

Stokgolm kuz faslida oltin rangga burkanadi. Shahar ko‘chalari va xiyobonlari barglar bilan to‘lib ketgan, ularning har biri quyosh nurlarida yaltirab, oltin gilamga o‘xshardi. Stokgolmning qadimiy ko‘priklari va kanallari uzra kuz osmoni yoyilib, xuddi bir suratdek tiniq ko‘rinardi. Kungsträdgården bog‘ida ko‘hna emanlar, qayin va chinorlar qizil, to‘q sariq va qizg´ish rangdagi barglarini to‘kib, shaharni go‘yo sehrli bir sahnaga aylantirar edi.

Dengizdan esayotgan shamol sovuq bo‘lishiga qaramay, uning sershovqin ovozi kuz tabiatining jonliligini eslatardi. Qushlar sekin-asta janubga uchishga tayyorlanar, ularning oxirgi sayrashi Gamla Stan tor ko‘chalarida aks-sado berar edi. Oltin kuz tongi esa Stokgolm ko‘rfazini yoritar, osmon va suv yuzidagi ko‘zgular bir-birini to‘ldirib, sokinlik va go‘zallikni hamohang tarzda aks ettirar edi.

Shahar odatdagidek shovqin-suronli edi, lekin kuzning jozibasi har bir burchakda sezilib turardi. Skeppsholmen orolida shamol suzib o‘tayotgan qayiqlarni harakatga keltirar, barglar esa sekin dengiz tomon uchib tushardi. Oltin kuz fasli bilan Stokgolmni o´zining go‘zalligi bilan o‘rab olganday tuyulardi.

Oʻzbekistonning kuz fasli ham cheksiz goʻzal va maftunkor manzaralarga boy boʻlgan davrdir. Unda nafaqat tabiatning rang-barangligi, balki hosil mavsumi, mo‘l-ko‘lchilik va iliq serquyosh kunlari bilan ham ajralib turadi.

Bogʻlar va dalalar meva va sabzavotlar bilan toʻlib, havoda pishgan mevalarning yoqimli hidi seziladi. Olma, nok, uzum, xurmo va anorlar o‘zining to‘q qizil, sariq va yashil ranglari bilan kuzgi tabiatni yanada chiroyli qiladi.

Shahar va qishloq ko‘chalarida, bog‘ va xiyobonlarda sayr qilishning o‘zgacha zavqi bor. Tonggi salqinlik va kun davomida quyoshning taftini his etish o‘zbek xalqining kuz faslini qadrlashining asosiy sabablari bo‘lib, tabiatning bu go‘zal dami kishilarni yangi mavsumga tayyorlaydi. Quyoshning botishi va chiqishida osmon tabiatning qizg´ish ranglariga singib ketgani kabi noyob ranglarni o´zida namoyon etadi.

Oltin kuz — Oʻzbekistonning tabiiy boyligi va xalqining mehnatsevarligi bilan uyg‘unlashib, ko‘ngillarga iliqlik, birdamlik va huzur baxsh etadigan fasldir!

Oltin kuz manzarasiga dekor.🍁🍂
Ushbu muhitda bolalar turli rang, rang soyalari, shakllar, naqsh, hayvon va qushlar, yil fasllari hamda tabiatning o’zgarishini muloqot qilib, tajriba orqali o’rganishi mumkin. Mavzuga oid ertak, she’r va topishmoqlarni ham qo’llasa bo’ladi.
Shvetsiyadagi ijod sevar bolalardan ajoyib kuz san´at asarlari, Salem, 7/10-2024, Milliy Madaniy Markaz uchun, Rahmat!
Shvetsiyada tug´ilib yashayotgan vatandoshimiz hurmatli Anisa Mahmudovadan insho, 15 yosh, Stokgolm, 30/10-2024. Barakalla, rahmat!

”Oltin kuz” loyihasiga insho.

Oltin kuz – tabiatning eng go’zal fasllaridan biridir. Daraxtlarning yaproqlari o’zgarib, manzarasi insonni maftun etadi. Tabiatning o´zgarish sababi quyoshning nurlari va havoning harorati pasayishi. Barglar sarg’ayib, qizil va to’q sariq ranglarga burkangan daraxtlar bog’larni va ko’chalarni bezab turadi. Yerga tushgan yaproqlarning ustidan sayr qilish juda maroqli. Oltin kuzning manzarasi insonning e´tiborini tortadi va tashqariga chiqishga undaydi. Bu faslda do’stlar bilan aylanish juda yoqimli bo’ladi.

Kuz fasli qishloqlarda juda muhim ahamiyatga ega. Bozorga yangi mahsulotlar chiqadi, dehqonlar meva va sabzavotlarni terib olishadi. Bozorda har bir inson o’ziga yoqqan mevalaridan tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bozorlar xurmo, anor, uzum va boshqa mevalar bilan to’ladi.

Kuz fasli faqatgina tabiyatni o’zgartirmaydi. Bu fasl go’zallik va yangiliklarni ham olib kiradi. Yangi bilimlarni egallash va o’qish vaqti keladi. Yangi o’quv yilida barcha o’quvchilar o’z bilimlarini oshirishga harakat qilishadi. Bu fasl menga sokinlik baxsh etadi.

Demak, oltin kuz tabiatning eng go’zal, sokin va bilim olish fursatiga boy bo’lgan fasl bo´lib yangi rejalar tomon ilhom bag’ishlaydi.

Insho muallifi: Anisa Mahmudova, Stokgolm, 30/10-2024.

Milliy Madaniy Markaz uchun.
Screenshot

Shvetsiyadagi ijod sevar bolalardan ajoyib kuz san´at asarlari, Salem, 7/10-2024, Milliy Madaniy Markaz uchun, Rahmat!

Shvetsiyadagi yosh ijodkorlardan ajoyib Oltin kuz namunalari: Nigina, Samira va Zalinadan! Rahmat.
Sigtuna kommun, 23/10-2024.
Shvetsiyadagi vatandoshimiz hurmatli Yusuf Rasuldan Oltin kuz haqidagi yuborgan she´rlari.

Энг охирги куз
Энди кетсак бӯлар
Тугади эртак.
Қуёш ҳам ботмоқда
Асрий тоғларга.
Худди иккимизни
Қилгандай эрмак
Хазонлар бостириб
Келар боғларга.
Олис-олисларда
Ҳуради итлар
Шамоллар ӯйнайди
Капалакларни.
Денгиздан сув ичган
Қора булутлар
Кӯтариб кетади
Камалакларни.
Руҳингда йилларнинг
Залворли ёди.
Қалбингга ботади
Тош каби бир сӯз.
Сариқ япроқларни
Берганча додин
Яна куз келмоқда
Энг охирги куз…

Хумоюнга
Сенга ёшлик жуда ярашар,
Қувонасан – гуллар ифорли.
Қизлар ҳавас билан қарашар,
Кулишларинг ёқар-чиройли.
Сенга мосдир янги чечаклар,
Туйғуларинг тоза, беғубор.
Муҳаббатдан сӯзлар эртаклар
Юрагингда яшнаган баҳор.
Менга эса куз керак, ӯғлим,
Сариқ барглар -ӯкинмоқ учун…
Заъфарондир, ғарибдир кӯнглим,
Хазон каби тӯкилмоқ учун…

Кузги боғ
Руҳим заминига кузак чоғларда,
Сарғайган япроқдай тўкилиб хаёл.
Сен кетсанг, тун чўккач ўша ёқларга
Адирлар югурар кўтариб ҳилол.
Сукунат бағрида оғир тин олиб,
Субҳидам уйғонган ажиб чоғларда,
Менинг бу девона юрагим қолиб
Дарахтлар йиғлайди кузги боғларда.

Муаллиф: Юсуф Расул

9-fevral kuni, buyuk shoir Alisher Navoiyning tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan “Oilaviy she ́riyat musobaqasi”

Aziz bolajonlar, buyuk shoir Alisher Navoiyning jajji avlodlari!

Musobaqada qatnashgan, shvetsiyaning o‘zbek diasporasi orasidagi bizning porloq yongan yuzduzchalarimiz! 

Siz o‘zbek tilimizning barqarorligi va o´zbek adabiyotining rivojlanishida bugun katta hissa qo´shdingiz. Go’zal she´r va rasmlaringiz bilan adabiyotimiz va san’atimizni yanada boyitdingiz. O’zbek she’riyati va adabiyotini o‘qishda, rasm va she’r yozishda albatta davom eting!

O´z ustingizda ishlab bilimlaringizni boyiting va unutmang  har qanday yuksaklikning tagida bilim, malaka va fikrlash yotadi. 

Screenshot

O'zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi Vatandoshlar Jamoat Fondi

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
Facebook
Instagram