Shvetsiya madaniy maskanlari

Stokgolmning Etnografiya muzeyida o‘zbek milliy madaniyati va tarixi namoyish etilmoqda!

Stokgolm Etnografiya muzeyi (Etnografiska museet) — Shvetsiyaning Stokgolm shahrida joylashgan bo’lib dunyoning turli xalqlarining madaniyati, tarixi va urf-odatlariga bag‘ishlangan yirik muzeylardan biridir. Muzeyda Osiyo, Afrika, Amerika va Okeaniya xalqlarining san’ati, hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi ko’plab eksponatlar mavjud bo’lib, shu tariqa o‘zbek milliy madaniyati ham o’rin olgan.

Muzeyning maqsadi — turli xalqlar madaniyatini yoritish, tushunish va qadrlash, shuningdek, madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir. Bu ilmiy va ma’rifiy muassasa har bir xalqning o‘ziga xosligini namoyon qilishga xizmat qiladi.

Stokgolm Etnografiya muzeyining tarixi 1900-yillarning boshlariga borib taqaladi. Muzeyning tashkil etilishi Shvetsiya tadqiqotchilari va etnograflarining dunyo bo’ylab olib borgan ilmiy ekspeditsiyalari natijalariga asoslangan. Shvetsiyalik tadqiqotchilar turli qit’alarda xalqlarining madaniy merosini o‘rganib, san’at asarlari, kundalik hayotga oid buyumlar, kiyimlar va turmush uslublarini o‘z ichiga olgan eksponatlarni yig‘ib kelishgan.

1935-yilda Etnografiya muzeyi hozirgi binosiga ko‘chib o‘tib dastlab o‘z eshiklarini ochgan. Muzeyda nafaqat qadimiy buyumlar va san’at asarlari, balki o‘sha davr hayotini aks ettiruvchi ko‘plab tarixiy ma’lumotlar ham saqlanadi.

  • 19 yoshgacha BEPUL KIRISH.
  • Seshanba kunlari soat-15:00 dan 17:00 gacha hammaga BEPUL KIRISH.
  • Fri entré för dem som har LMA/UT-kort.    

Adress: Djurgårdsbrunnsvägen 34, 115 27 Stockholm
Webbsajt: https://www.etnografiskamuseet.se/besok/

Shvetsiyaning, Stokgolmdagi ”Vasamuseet” – Vasa muzeyi haqida

Vasamuseet – Vasa muzeyi 1990-yil 15-iyunda rasman ochilgan va 2022-yil 31-mayda Shvetsiyaning eng mashhur binolaridan biriga aylandi. Vasa muzeyida Vasa kemasi o’rnatilgan bo’lib, kema XVII asrning haqiqiy xazinasi hisoblanadi va Shvetsiyaning boy tarixini o’zida aks ettiradi.

Vasa kemasi 1626-yil Shvetsiya qiroli Gustav II Adolf buyrug´i bilan qurdirilgan. Bu kema ko´plab mablag´ va cheksiz say-harakatlar bilan Stokgolmda barpo etiladi. Uning balandligi 52 metr, uzunligi 69 metr va og’irligi 1200 tonnani tashkil etadi.

Vasa kemasi Shvetsiya Qiroligining dengiz flotidagi eng kuchli harbiy kemalaridan biri bo’lishi kerak edi. 1628-yil 10-avgust kuni o’zining birinchi sayohatidayoq, bor-yo’g’i 1 km masofani bosib o’tgach, qirg´oqga yaqin cho’kib ketadi.

Buning sababi harbiy kemaning noto’g’ri konstruktsiyasi edi. Unga yuklangan ko´plab urush qurollarini ko´tara olishi uchun, kema kengroq va chuqurroq qurilishi lozim edi. Vasa kemasi dengiz tubida 333 yil yotib, 1961-yilda quruqlikka chiqarilgan. 1990-yildan buyon kema Stokgolmdagi Vasa muzeyida namoyish etilmoqda.

Uning qadimiy va antiqa boyligini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’ling!

Manzil: Galärvarvsvägen 14, Stockholm

https://www.vasamuseet.se/besok

Hurmat bilan,

Milliy Madaniy Markaz

O'zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi Vatandoshlar Jamoat Fondi

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
Facebook
Instagram