Hurmatli vatandoshlar!
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan Siz azizlarni chin yurakdan muborakbod etamiz!
Yurtimizda amalga oshirilayotgan yuksak islohotlar natijasida Oʻzbekiston xalqaro davlatlar orasida oʻz nufuziga ega boʻlib bormoqda. Bugun Vatanimiz tinch va xalqimiz farovon hayot kechirmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan olib borilayotgan islohotlar natijasida yurtimiz dunyo miqiyosida keskin rivojlanib bormoqda. Porloq kelajak sari dadil va jasur qadam bosmoqda!
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yo‘naltirish maqsadida “Vatandoshlar” jamoat fondi” yaratilgan.
Ko´plab davlatlarda O´zbekiston elchixonalari Vatanimiz bilan ko´prik vazifasini o´tab, o´zbek Milliy Madaniy Markazlarini ochilishiga ko´maklashmoqda. Xorijda istiqomat qilayotgan, tug´ilib ulg´ayotgan avlodimizga alohida e´tibor ajratilib, ahil yig´ib madaniy ravnaqi sayin chorlashmoqda.
Xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” kabi yangi tizimlarning yaratilishi natijasida koʻplab xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy hayotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Shu oʻrinda Orol dengizini asrab qolish va qurigan tubida oʻrmonlar barpo etish borasida ham katta-katta loyihalarni amalga oshirilayotganligi xalqaro tashkilotlarning ham bu masalaga jiddiy ahamiyat qaratishga undamoqda.
Bu yil Mustaqillik bayrami arafasida oʻzbek sportchilarining Parij-2024 Olimpiadasida munosib ishtirok etib, dunyo davtlatlari orasida yuqori oʻrinlarni egallaganliklari barchamizni birdek xursand etdi. Butun dunyo davlatlari bugun Oʻzbekistonning ilmda ham, sportda ham nimalarga qodir ekanligini koʻrib haqli ravishda tan bermoqdalar.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida ham “Yangi Oʻzbekiston –yangi kasaba uyushmalari!” shiori ostida toʻyga toʻyona sifatida joriy yilda qator obyektlar yurtdoshlarimiz xizmatiga topshirildi. Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi “Qumariq” mahallasida jami 5,5 gektarlik maydonda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bogʻi barpo etildi,
Sirdaryo viloyatining “Yangiyer” sanatoriyasi hududida yangitdan qurib bitkazilgan zamonaviy yopiq basseyn, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida suv sporti saroyi bunyod etildi. Mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan boʻlib, bu yerda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan. Shuningdek, majmuada yoshlar, mehnat jamoalari va faxriylar salomatliklarini mustahkamlashlari uchun sharoitlar yaratilgan.
Darhaqiqat, mustaqillik Bizga oʻzligimizni, milliy gʻururimizni, tilimiz, dinimiz, urf-odat va an´analarimiz yuksak qadrini qaytarib berdi. Bugun bu mehmondo´st va serquyosh diyorda koʻp millatli xalq tinch va hamjihatlikda yashab kelmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar barchamizni yurtimizning shodon kuni bilan muborakbod etib, Siz azizlarga sogʻlik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va kelgusi ishlaringizda omad va zafarlar tilaymiz. Yurtimiz tinch-omon boʻlsin, xalqimiz hayoti bundanda farovon boʻlaversin, Musofirchilikda yurgan barcha yurdoshlarga Vatanimizni tez-tez ziyorat qilib, sog´inchlarini tarqatish imkoni nasib qilsin!
Shvetsiyadagi vatandoshimiz hurmatli Guljahon Baizova & Olimjon Baizov












Shvetsiyadagi vatandoshimiz, hurmatli Guljahon Baizova barchamizni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan tabriklab, “Oydin Hayot”, “KIM BILAN” va “Sevimli kun” ko´rsatuvlarining Mustaqillik kuniga atalgan soniyalarida kuylagan yangi qo’shiqlarini siz uchun, aziz yurtdoshlar taqdim etmoqdalar!
Guljahon Baizova, Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida oliy ma´lumot olib, Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida 10 yil davomida aktrisa va xonanda bo‘lib ishlagan. Guljahon B. ning ustozi O’zbekiston xalq artisti, Kommuna Ismailova bo´lganlar. Hozirgi kunda Guljahon B. Shvetsiyadagi Stokgolm shahrida istiqomat qilib, mustaqil ravishda asos solgan “Mugam Central Asia” guruhi bilan Yevropadagi – Stokgolm, Brussel, London, Helsingfors va boshqa turli madaniy festivallarda oʻzbek xalq musiqalarini ijro etib kelmoqda.
Bundan tashqari Guljahon B. xorijda istiqomat qilayotgan ko´plab O´rta Osiyo hamda Sharq xalqlarining milliy qo’shiqlarini kuylab tadbirlarda o´ziga hos Vatan hissini taratadi. Guljahon B. o´zbek tilining turli lahjalarida, uyg´ur, fors, tojik, rus va boshqa ko´plab tillarda qo´shiq aytadi. Shvetsiyadagi o´zbek diasporasining to´y va marosimlarida o´zining go´zal sharqona ijodini namoyish etadi.
2000-yil Guljahon B. O´zbekistondagi o‘zbek xonandalari tanlovida “O‘zbekiston Vatanim Manim” qo‘shig‘i bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Guljahon B. ning turmush o´rtog´i Olimjon Baizov ham xonanda bo´lib, u ham Toshkent davlat sanʼat institutida tahsil olgan. Hozirgi kunda Olimjon B. “Mugam Central Asia” guruhining prodyusseri, rejissiyor va estrada xonandasi bo´lib ijod qilmoqda. Ijodingizga rivoj va farovonlik tilab qolamiz.
Yangi ashulalar:
”Keladi”
”O´zbekiston”
”Xumordurman”
”Boqmasam ataylab”
Duet: Uyg´ur xalq ashulasining zamonaviy tusi: “Sehrlik alma”
Yangi ashulalar musiqaning oranjirovkasini, Ihtiyor Rajabov bastaladi!
Hurmat bilan,
O’zbekiston davlat bayramlari


Har yili 4-oktabr kuni Shvetsiyada Kanelbulle (doljinli pishiriq) kuni nishonlanadi.
Bu kun Shvetsiyaning uy pishiriqlari an’anasi va urf-odatlarini targ´ib qilish kunidir. “Kanelbullens dag“ 1999-yilda uy pishiriqlari an’anasini targ’ib qilmoqchi bo’lgan ”Shvetsiyaning uy pishiriqlari kengashi” tomonidan tashkil etilgan.
Asosiy maqsad uy pishiriqlarini targ´ib qilgan holda xalqning madaniyatlaridan biri bo´lmish birdamlik, g´amho´rlik va bag´rikenglikka alohida e´tibor berishdir. Bundan tashqari “fika” – “qahvaxo´rlik urf-odati” degan madaniyatiga hurmat-ehtirom ko’rsatib nishonlashdir.
Kanelbulle kuni Shvetsiyaning eng sevimli va yoqimli kuzgi an’analaridan biri hisoblanadi. Bu kun mamlakat bo‘ylab xonadonlarda, maktab va bog´chalarda, ish joylarida va qahvaxonalarda yangi pishirilgan doljinli bulochkalar ulashiladi. “Kanelbulle” pishirig´i butun Shvetsiya bo´ylab ajoyib hushbuy xid taratib o´zgacha muhit yaratadi!
Shvetsiya qahvaxonalari shu kuni taxminan 7 million dona Kanelbulle sotishadi!
Resept:
https://www.ica.se/recept/kanelbullar-5342/
Hurmat bilan,
Milliy Madaniy Markaz


Shvetsiya davlat bayramlari


Shvetsiyaning Milliy kuni
Shvetsiyaning Milliy kuni 1893-yildan boshlab nishonlanadi. Sababi 1523-yil 6-iyunda qirol Gustav Vasani Shvetsiyaning qiroli etib saylanishi bo’lgan. Ushbu hodisa Shvetsiyaning Daniya va Norvegiya bilan bo´lgan Kalmar ittifoqidan ajralib, qayta o’z mustaqil qirolligi va yangi qirollik sulolasiga asos soldi. Shu kundan boshlab xozirgi Shvetsiyaning qiroli Vasa sulolasi boshlangan. Gustav Vasaning qirol bo´lishi asrlar davomida Shvetsiya kuchli markaziy davlatlardan biri bo´lishiga olib keldi.
Bundan tashqari 1809-yil 6-iyunda Shvetsiyaning zamonaviy demokratiya yo´nalishidagi parlamentga asos solinib yangi boshqaruv shakli imzolandi. Bu Shvetsiyani baland yuksaklikka va har taraflama davlatning rivojlanishiga olib keldi. Bu kunni nishonlaganda Shvetsiyaning go´zal ne´matlariga alohida urg´u beriladi: ko´rkam tabiati, tinchlik, erkinlik, teng huquqlik, ta´lim, tibbiyot, sanoat, madaniyat, me´morchilik va boshqa ko´plab boyliklari targ´ib etiladi. Shaharda do´stona sayrlar o´tkazilib, milliy liboslari kiyiladi va bayroqlari tarqatiladi.
Bir vaqtlar bu kun Shvetsiya bayrog’i kuni deb nomlangan. Ammo 1983-yildan buyon rasmiy ravishda Shvetsiyaning Milliy kuni deb hisoblanadi. 2005 – yilda Milliy kun rasmiy bayram va qizil kunga aylandi. Har yili 6-iyunda Shvetsiyaning qirollik saroyi eshiklar xalq uchun ochiladi. U yerda Vasa sulolasining yashash sharoiti, turmushi, kundalik hayoti, liboslari, rasomchilik, idish-tovoq, haykallar, ko´plab urf-odat va madniyatini tomosha qilsa bo´ladi.
Bugungi kunda Shvetsiyada 100 dan oshiq turli millat vakillari ahil yashab kelmoqda. Shvetsiya bag´ri keng, g´amho´r, mehribon, birdam va do´stona davlat bo´lib barcha mehmonlar o´zini uyidadek his qilishi uchun, har bitta millat o´z: tilini, dinnini, shaxsiyati va urf-odatlarini saqlab qolishi uchun davlat miqiyosida barcha sharoitlar yaratib bergan. Ushbu Shvetsiya uchun muhim bo´lgan sa´nada, uni Milliy kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

Prinsessan Madeleine, prinsessan Sofia, prins Carl Philip, Helena Kjellström, kung Carl Gustaf drottning Silvia, talman Andreas Norlén, kronprinsessan Victoria, prinsessan Estelle och prins Daniel under det traditionsenliga nationaldagsfirandet på Solliden på Skansen.
Foto: Henrik Montgomery



