O´zbek tilini o´rganish uchun ”O´ZBEK TILI” bo´limga kiring.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi saytida elektron kitoblarning ochiq bazasi mavjud. U yerda o´zbek tilida minglab turli yosh, mumtoz/zamonaviy, milliy/xorijiy va har-xil janrdagi kitoblarni bepul yuklab olib, pdf formatida o’qishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tish talabi yoq. Rasmlarda ayrim kitoblarni ko’rishingiz mumkin.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi saytida onlayn kitoblar o´qish:
https://qr.natlib.uz/book/all?page=0
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadir. Bu xalqaro hujjat bo‘lib, barcha bolalarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan. Konvensiya 1989-yilda qabul qilingan va hozirgi kunga kelib, deyarli barcha davlatlar tomonidan ratifikatsiya (rioya qilishga jamiyatni chorlaydi, majburiy emas) qilingan.
Konvensiya jami 54 ta moddadan iborat bo‘lib, unda bolalar huquqlari va davlatlarning burchlari batafsil bayon etilgan.
Shvetsiyada Barnkonvention 2020-yilda milliy qonunchilik darajasiga ko‘tarilgan, ya’ni qonun sifatida qabul qilingan. Bu esa davlat muassasalari, maktablar va boshqa tashkilotlarga bolalar huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish majburiyatini yuklaydi. Konvensiyaga bo´ysinmaslik qonun bilan to’qnashuvlarga olib keladi.
Barcha bolali oilalar 54 ta maqolani o´rganib chiqish kerakligi haqida maslahat beramiz.
Batafsil ma’lumotni quyidagi manbalardan topishingiz mumkin:
BOLA HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYAsi o´zbek tilida: https://tergov.uz/uz/childs/konventsija-o-pravah-rebenka
UNICEF Barnkonventionen
Regeringens information om Barnkonventionen.
Bola konvensiyasi haqida qo´shimcha savolingiz bo´lsa ushbu maylga murojat qiling: uzbekisktkulturcenter@gmail.com
Hurmat bilan,
Milliy Madaniy Markaz
Qanday qilib doimiy kitobxonga aylanishimiz mumkin?!
Kitob-bilim manbai, inson aql-idroki, tafakkurini yoritadigan, mantiqni rivojlantiradigan, qalbini poklaydigan asosiy mezondir!
Kundalik hayotida kitob o´qigan inson ma´naviyatli va madaniyati boy bo´ladi. Kitobxon deyarli huquqbuzarlikka yo’l qo’ymaydi, hamisha qonun-qoidalarga rioya qiladi, obodonlik asosiy amalga aylanib, ozodlik tuyg´usi e’tiqodga, mehr oqibat esa suv va havo kabi zaruratga aylanadi. Kitobxon kamdan kam yo´lidan adashadi, har qanday vaziyatni aniq tushunib tahlil qila oladi, ongi sog´lom, kelajagi porloq bo´ladi.
O´qish nafaqt so´z boyligingizni oshiradi, balki har taraflama rivojlanishishingizga olib keladi. Dunyo qarashingiz kengayadi, mo’jizalar dunyosiga parvoz qilasiz, vaqt ichida sayohat qilasiz, ilm-fan haqida bilim oshirasiz. Har xil tillarda va janrlarda o´qishga harakat qiling.
Kitobxon tinch, baxtli va saodatli hayot kechiradi, oilasi va jamiyatga o’z hissasini qo´shadi. Hayot tajribasini kitob qahramonlaridan o´rganadi. Yaxshi yomondan, egri-to´g´ridan ajrata olishni, boshqa insonlarning vaziyatini tushunish hamda o´zgalarning nuqtai nazarini hurmat qilish qobiliyatiga ega bo´ladi.
Ushbu o´qishbingosini ishlatib turli o´qish muhitlarida o´qib ko´ring. U bilan o´qish jarayoningiz qiziqarli, sifatli va o´zgacha zavqli bo´ladi!!!Stokgolm bo´ylab ko´plab kutubxonalar mavjud. Unda siz turli janr va tillarda kitoblarni topishingiz mumkin. Agar biror kitob istagi o´zingizda bo´lsa kutubxona xodimlaridan yordam so´rashingiz mumkin. Ular katta xohish bilan sizga yordam berishadi. Kutubxonalarga a´zo bo´lish bepul. Kitoblardan tashqari ko´plab kutubxonalarda oromgoh paytlarida turli qiziqarli tadbirlar ham o´tkaziladi.
Hurmat bilan,
Milliy Madaniy Markaz
O´QISHBINGOSI
Bolalarni o´qish jarayoniga qiziqtirish ko´makchi jadvali.
Bingo katagini belgilash uchun ona tilida kamida 15 daqiqa o’qing.
https://www.natlib.uz/
44- haftada Shvetsiya o´rta ta´lim maktablarida Kuz ta´tili boshlandi!
Ushbu ta´til oldin “Kartoshka ta´tili” deb atalganini bilganmidingiz?
XVIII-asrda butun Evropa va shu singari Shvetsiyada oziq-ovqat yetishmovchiligi va ko’plab kasalliklardan xalq juda qiynalgan edi.
Shu paytda Olaus Rudbek tomonidan dastlab Shvetsiyada kartoshka yetishtirilib, aholining o’limini keskin kamaytiradi. Olaus kartoshkani Uppsaladagi o‘zining botanika bog‘ida yetishtiradi. Keyinchalik ushbu mineral va vitaminlarga boy sabzavot butun Shvetsiya bo´ylab tarqaladi.
1800-yillarda hukumat ya´ni (Sveriges Regering) o´rta maktab o´quvchilari “kartoshka ta’tili” (kuzgi ta´til) ga chiqishiga qonun chiqarishadi. Hosil butun qish fasliga yetishi uchun bolalar dalalarda kartoshka terimida oila a’zolariga yordamlashishgan.
Vaqt o’tishi bilan davlat qonunlari o’zgartirildi va mamlakatda iqtisodiy farovonlik barpo etildi. Bugungi kunda Shvetsiyada bolalar ish kuchi taqiqlangan, ammo kuzgi ta’til madaniyati maktablarda saqlanib qoldi.
2016-yilda hukumat (Sveriges Regering) taklifiga ko’ra, bolalarning kuz ta’tili – o´qish ta´tili deb atalib, bolalar o´qishiga kuchli urg´u berish kerakligi qonunlashtiriladi.
Barcha davlat maktablari, kutubxonalar va madaniy maskanlar o´qishga alohida e´tibor ajratib, davlat tomonidan qo´llab-quvvatlanib, barcha sharoitlar yaratiladi. O´qish imkoniyatlari nafaqat kutubxonalarda balki kutubxona saytlarida ham onlayn kitoblar mavjud. Kutubxonalarda turli tillar va janrlarda ko´plab kitoblar bor, bundan tashqari kutubxonalarda tadbirlar ham o´tkaziladi. Ushbu imkoniyatlar mutlaqo bepul.
“Läs för barnen, läs med barnen, läs!” Deklarerade Sveriges statsminister Stefan Löfvén, 2016.
”Bolalarga o’qing, bolalar bilan o’qing, o’qing!” Tasdiqladi Shvetsiya Primyer ministori Stefan Löfven, 2016 yilda.
Dunyo olimlarning ta´kidlashicha, bolalarga o´qi deb tayinlaganingiz bilan natija kutganingizdek bo´lmaydi, bolalarni o´qishga qiziqtirishning yagona yo´li ota-onalarning namuna bo´lib kitob o´qishidir!
https://www.regeringen.se/artiklar/2024/10/laslovet-nar-sverige-forenas-i-lasning
Bizning saytimizda o´zbek tilida bolalar uchun video va kitob ertaklarini topishingiz mumkin: https://uzbekkultur.se/bolalar-uchun/
Hurmat bilan,
Bolalar qo´shiqlari
Oq terakmi ko’k terak musiqiy kitobi- Bulbulcha ansambli, DJ Piligrim, Sevara Nazarkhan
Darslar
https://www.youtube.com/watch?v=f3SH5h7zZHc
https://www.youtube.com/watch?v=psz0mh1qG6U
https://www.youtube.com/watch?v=XmzbaZQeNNI
Ertaklar
https://www.youtube.com/watch?v=hP2VxJ0fx_Y
https://www.youtube.com/watch?v=OJA_Ogj9_XE
Qo´shiq va raqslar
Jahon ertaklari
Etik kiygan mushuk
Sharl Perro