Buyuk allomalar

Sohibqiron Amir Temur


9-aprel kuni muqaddas zaminimizda, jahon ijtimoiy-siyosiy hayoti va taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan sarkarda, hukmdor, davlat arbobi, millatimiz faxri va g’ururi bo’lmish Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi nishonlanmoqda.

Buyuk sarkarda Amir Temur 1336-yil 9-aprel Kesh, hozirgi Shahrisabz Xo’ja Ilg’or qishlog’ida (hozirgi Yakkabog’) tug’iladi. Amir Temurning onasi Takina Hotun Buxorolik, otasi Amir Tarag’ay esa Barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining etiborli beklaridan edi.

Insoniyat tarixida eng katta imperiyalardanbiri (qariyb 4, 4 million kvd maydon) Temuriylar imperiyasi deb yuritilgan. Buyuk Sohibqiron Amir Temur shaxsi tarix darsliklarida, ilmiy va badiiy adabiyotlarda, o‘z vaqtida dunyoni titratgan, buyuk davlat arbobi davlatimiz taraqqiyotida beqiyos iz qoldirgan bu ulug’ zotning nomi yozilgan.
Amir siymosi, Sohibqiron qadriyati millat g’ururi va shanini anglash, ongni yuksaltirish va o’tmish voqeligini tushunish, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va sadoqat, buyuk bobokalonlardan fahrlanish ruhida tarbiyalash “Temur tuzuklari”ning o’rni beqiyosdir.

Uch asar orqali davlat tizimi va diplomat aloqalar, harbiy mahorat, ilm-fan, obodonchilik, qurilishga oid qarashlari, yaratuvchanlik, bunyodkorlik mulki, hayotning mazmun-mohiyati, ezgulik, ma’naviy fazilatlar haqidagi fikr-mulohaza, din va adolatga munosabat, saltanat ishlarini kengash va maslahat asosida olib borganini kurishimiz mumkin bo’ladi.

Ikki qismdan iborat tuzuklarning birinchi qismi Sohibqironning hayot yo’li va faoliyatiga bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchi qismi esa mamlakatni boshqarish masalasiga qaratiladi. Ikkala qismda ham uning el-yurt, halq dardi, saltanat va davlat barcha tashvishi bilan bo’lganligi tuzuklarda o’z ifodasini topgan.
Temurning siyosat yuritishdagi ma’naviy qadriyatlarni mos holda olib borishi va adolat barqarorligi haqida so’z yuritishi zamon bilan hamnafas bo’lib kelmoqda. Bu qonunlar to’plami bugungi kunda davlat boshqaruvi organlar, rahbarlik boshqaruvida ishlayotgan mas’ul vazifalardagi hodimlar uchun ham noyob qo’llanma bo’lib kelmoqda.

“Temur tuzuklari”ni o’qisangiz sohibqironning o’zi buyuk hukmdor va mohir sarkarda bo’lsa ham kuch qudrat zo’ravonlikda emas, aksincha adolatda va hamjihatlikda ekanligini ta’kidlaydi. Uning davlat boshqaruvidagi zehn-zakovati, oqilligi va noyob aqliy salohiyati, ko’plab qiyinchiliklardan chiqish uslubi, saltanat tizimini ushlab turishda muhim poydevor bo’lib hizmat qilganini anglaysiz.

Amir Temur nafaqat harbiy sarkarda balki ajoyib bunyodkor sifatida ham tarixda nom qoldirgan buyuk siymolardandir. “Bizning kimligimizni bilmoqchi bo’lsangiz, biz qurdirgan inshoatlarga boqinglar” yoki bo’lmasa “Qay bir joydan bir g’isht olsam o’rniga o’nta g’isht qo’ydirdim”, ”Bir daraxt qurisa, o’nta ko’chat ektirdim” kabi siyosati insoniyat qaysi davrida yashamasin tabiatga, hayotga oqillik bilan yondashib, o’zidan go’zal binolarni qoldirish kerakligini anglatib turadi.

Amir Temur bobomizning bu buyuk merosi biz yosh avlodlarga katta tajriba, meros va saboq bo’lib hizmat qiladi. Ularning fidokorona mehnatlari, islohotchilik qobiliyati, murakkab taqdirlariga bo‘lgan qiziqish yangi-yangi avlodlar e’tiborini o‘ziga jalb etaveradi.

Zahiriddin Muhammad Bоbur 


Vatan gado tuyg´usini ta´tigan buyuk allomamiz!

14-fevral kuni o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk allomamiz Zahiriddin Muhammad Bоbur tavalludining 541 yilligi nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bоburning dunyoni hаyrаtgа sоlgаn yirik dаvlаt vа mаdаniyat аrbоbi, mоhir sаrkаrdа, dоnishmаnd tаriхchi, geograf, zаkоvаtli оlim, buyuk shoir, boburiylar sulolasi asoschisi vа temuriy shahzodadir. «Bоbur» аrаb tilidа «shеr» dеgаn ma’noni anglatadi. Chindаn hаm u bu nоmgа munоsib shахs bo‘lgan.

Bоbur 1483-yilning 14-fеvrаlidа Аndijоndа tug‘ildi. Otаsi tеmuriyzоdа Umаrshаyх Fаrg‘оnа vilоyati hukmdоri edi. Onаsi Qutlug‘nigоrхоnim Тоshkеnt hоkimi Yunusхоnning qizi edi.
Otasi bevaqt vafot etgach, Farg‘ona hokimligi 12 yoshdagi Boburning zimmasiga tushdi. 15 yoshidа bоbоmеrоs Sаmаrqаndni zаbt etаdi. 16 yoshidа bu аzim shаhаrni tаshlаb chiqishgа mаjbur bo‘lаdi. Kеyin hаm ikki mаrоtаbа bu shаhаrni egаllаshgа muvаffаq bo‘ldi. Lеkin sаqlаb qоlish nаsib etmаdi.
1526-yildа Hindistоnni zаbt etib, Boburiylar saltanatiga asos soldi. Bobur 1530-yilning 26-dеkаbridа Аgrаdа vаfоt etdi. Ikki asr o’tgach, Hindistonning Agra shahrida Boburning sulolasi vakili bo’lmish Shox Jahon tomonidan Toj-Mahal mavzoleyi qurildi va bugungi kungacha dunyoning yetti mo´jizalaridan biriga kiradi!

Bоbur ikki shе’riy to‘plаm – dеvоn tuzgаn. Undan tashqari hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she’ri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin olgan.

Мuаllifning “Bоburnоmа” аsаri nаfаqаt o‘zbеk аdаbiyoti, bаlki jаhоn аdаbiyotining nоdir nаmunаsi sаnаlаdi. Bu mеmuаr (esdаlik) аsаridа Bоbur o‘n ikki yoshidа tахtgа chiqishidаn bоshlаb umrining охirigаchа bоshidаn o‘tkаzgаnlаrini tаhlil etаdi. Shuning uchun bu аsаr tаriх, etnоgrаfiya, gеоgrаfiya, tilshunоslik,аdаbiyotshunоslik vа bоshqа fаnlаr uchun birdаy mаnbа bo‘lа оlаdi. “Bоburnоmа”ning o‘zbеk nаsri tаrаqqiyotidаgi o‘rni bеqiyosdir.

Bobur ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dildan qo‘msash, uning tuprog‘iga talpinish, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, yoru diyor sog’inchi va visol ilinji, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi. Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli o‘rin tutadi. Uning g‘azal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida ma’shuqaning maftunkor go‘zalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.

Shоir o‘z umrining аchchiq-chuchuk kunlаridаn so‘z оchаdi, ya’ni Bobur o‘z yurtigа qаytishgа qаnchаlik urinmаsin, ungа erishа оlmаydi. Minglаb оdаmlаrning bеhudа nоbud bo‘lishini istаmаydi. Ko‘nglidа ming bir аndishа bilаn Hindistоn sari yuzlanadi. O‘zini dunyodа eng bахtsiz оdаm hisоblаydi. Chunki u оnа yurtini tаshlаb chiqdi. Bulаrning hаmmаsi, uningchа, «хаtоlik» – хаtо ishlаr edi. Uning uchun Vаtаn – sеvimli yor, vаsl –Vаtаngа yеtishmоq, hаjr – Vаtаndаn uzоqdа bo‘lmоqdir.

Тоlе’ yo‘qi jоnimg‘а bаlоlig‘ bo‘ldi,
Hаr ishniki аylаdim, хаtоlig‘ bo‘ldi.
O‘z yеrni qo‘yib, Hind sоri yuzlаndim,
Yo Rаb, nеtаyin, nе yuz qаrоlig‘ bo‘ldi.

Bоbur bugun хаlqimizning sеvimli fаrzаndlаridаn biridir. U hаqidа dоstоnlаr, rоmаnlаr yozilgаn, kinоfilmlаr ishlаngаn. Аndijоn vа Тоshkеntdа ulkаn bоg‘lar bаrpо etilib, u joylarga Bobur nomi berilgan va hаykаli o‘rnаtilgаn.

Hаr kimki vаfо qilsа, vаfо tоpqusidur,
Hаr kimki jаfо qilsа, jаfо tоpqusidur.
Yaхshi kishi ko‘rmаgаy yomоnlik hаrgiz,
Hаr kimki yomоn bo‘lsа, jаzо tоpqusidur.
Yod etmаs еmish kishini g‘urbаtdа kishi,
Shоd etmаs еmish ko‘ngilni mеhnаtdа kishi.
Ko‘nglim bu g‘аriblikdа shоd o‘lmаdi, оh,
G‘urbаtdа sеvinmаs еmish, аlbаttа, kishi.

Nodirabegim

Nodirabegim 1792 yil, Andijonda tugilib —1842 yil, Qo‘qonda vafot etgan. Nodirabegim shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi. «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham she’rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Farg‘ona hukmdori Olimxonning tog‘asi. Olimxon ukasi Umarxonga Marg‘ilon hokimligini beradi va uni 1807 yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda she’r yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. Nodiraning turmush yo‘ldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan. 

1822 yilda Umarxon vafot etib, uning o‘g‘li, 14 yoshli Muhammad Alixon (Ma’dalixon) taxtga ko‘tarildi. Lekin davlatni, asosan, Nodiraning o‘zi idora qildi. U madaniyat va san’atni rivojlantirishga intildi. Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan: «Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir… Umarxon vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni hasratu firoq bilan shu tariqa o‘tishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bog‘iga borib, Farg‘ona, Toshkent, Xo‘jand, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o‘z xizmatiga chaqirtirib keldi». Nodira bir necha kitoblarni ko‘chirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi. 

Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini o‘zi shaxsan ko‘zdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni «Zarrin qalam»lik mansabiga ko‘targan. Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga e’tibor bergan. Go‘ristoni kalondagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini bino ettirgan. Buxoro amiri Nasrullo 1842 yilda Qo‘qonga bostirib kirib, Ma’dalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar o‘g‘li Muhammad Aminxonni va Nodirani fojiali ravishda o‘ldiradi. Nodiraning adabiy merosi o‘z g‘oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz she’riyatning go‘zal namunalaridandir. Uning to‘la bo‘lmagan o‘zbekcha devoni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv.? 4132). Devonga Nodiraning 109 (yoki 1704 misra) g‘azali kiritilgan. Nodiraning o‘zi yozgan debochada tarjimai holiga oid ba’zi muhim ma’lumotlar berilgan. 

XIX-asrda ko‘chirilgan, hozir O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda Nodiraning «Komila» taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) g‘azali borligi aniqlangan. 1962 yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan (inv. ? 313) bu devon shoiraning merosini to‘liq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning «Nodira» taxallusi bilan yozgan 180 she’ri jamlangan (shulardan 136 tasi o‘zbek tilida, 44 tasi tojik tilida). Jumladan, 11 muxammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarji’band, 1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida Nodiraning «Maknuna» taxallusi bilan yozilgan, 333 g‘azaldan iborat bir devoni mavjud.

 Bugungi kunda biz Nodiraning o‘zbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz. Nodira she’riyatining asosini lirika tashkil etadi. Nodira muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U go‘zallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu fig‘onlarini kuyladi. Shoira o‘zini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yog‘du ekanligini kuyladi: Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et! Nodiraning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuyg‘ular doirasidan yuqori ko‘tarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. 

Shoiraning fors-tojik tilidagi mebosh radifli g‘azalida vafo mavzui keng doirada qalamga olinadi. Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi xislatlarni ma’rifat, ya’ni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli xislatlarni o‘z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan ko‘ngil ganjinasida asramog‘ini obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan mahrum bo‘lar ekan, u riyo yo‘liga kirib ketadi. Nodira o‘z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yo‘nalishiga asoslangan bir butunlik orqali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhabbat yo‘lidagi ruhiy dunyosini ham juda go‘zal va jonli misralarda ifodalab beradi. Nodira she’rlarida islom ruhi, tasavvuf ta’limi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urug‘ini qidiradi. 

Nodira saroyda yashasa ham, o‘zini ma’naviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edi. Shuning uchun ham u g‘azallaridan birida: «Meni saltanat masnadida ko‘rib, gumon etmang ayshu farogat bilan», deydi. Nodira olimlar, shoirlar, ayniqsa, shoiralarni o‘z himoyasiga olgan. Shoira o‘z devonlarining «hamnishin olima afifalar, fozila hamsuhbat sharifalarning maslahatlari va tashabbuslariga ko‘ra jamlangani»ni o‘zbekcha devoniga yozgan so‘zboshisida qayd etib o‘tadi. Nodira mumtoz she’riyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning o‘zbekcha va forsiycha-tojikcha g‘azallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira g‘azallarining asosiy qismi 7—9 baytlidir. Nodira mumtoz adabiyot an’analarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Nodira o‘z g‘azallarida ko‘proq «mukarrar» (so‘zning takrorlanib kelishi) va «qo‘sh mukarrar» usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tashbeh, istiora, tazod, tadrij, tashxis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qo‘llangan. Nodira fors-tojik tilida ham go‘zal, ta’sirchan she’rlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan o‘zbek tilidagi g‘azallaridek yuksak darajada yozilgan bo‘lib, shoira ijodini yana ham keng va to‘laroq o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Nodira ijodiga bo‘lgan qiziqish shoira hayotlik davridayoq boshlangan. 

Mashhur shoira Dilshod (1800—1905) Nodiraga maxsus g‘azallar bag‘ishlab, uni «ilm-adab va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari g‘azalxoni, shakar sochuvchi bulbul» deb ta’riflaydi. Nodira g‘azallariga juda ko‘p shoirlar naziralar yozganlar, muxammas bog‘laganlar. O‘zbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning «Nodira», Turob To‘laning «Nodirabegim» musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning stsenariysi asosida «Nodirabegim» filmi yaratildi. Shoira asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. Fazallari o‘zbek maqomlari va xalq kuylariga solingan. O‘zbekistonning shahar va qishloqlarida ko‘plab ko‘chalar, kinoteatr, maktab va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi.

Manba https://tafakkur.net/nodirabegim.haqida


Alisher Navoiy

O´zbek tili asoschisi buyuk Alisher Navoiy!

Har yili 9-fevral kuni butun O’zbekistonda buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning tug’ilgan kuni keng nishonlanadi. Barcha maktab, o’rta va oliy o’quv yurtlarida bu sana bayram qilinadi. Bu – she’riyat va adabiyot bayramidir.

Alisher Navoiy millatimizni dunyodagi eng madaniyatli va ma’rifatli xalqlar qatoriga olib chiqqan ulug’ siymolardan biridir. Navoiy 1441-yil 9-fevralda Xuroson davlatining poytaxti Hirot shahrida tavallud topdi. Alisher bolalikdan ma’rifatli oila muhitida voyaga yetdi. Navoiyning otasi G’iyosiddin Muhammad temuriylarga yaqin amaldorlardan bo’lib, o’z davrining obro’li va ma’rifatli kishilaridan sanalgan.
She’rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7, 8 yoshlaridan she’r yoza boshladi. O’zbekcha she’rlariga «Navoiy», forscha she’rlariga esa «Foniy» taxallusini qo’ydi. Shunday qilib, Navoiy 12 yoshlarida o’z she’rlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlarini hayratga soldi.

Alisher Navoiy 1472-1476-yillarda «Badoye ul-bidoya», 1476-1483-yillarda «Navodir un-nihoya» nomlari bilan ikki devon tuzdi. Tarix mavzusida «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo» asarlarini yozdi. Turkiy adabiyotshunoslikda ham uning alohida o’rni bor. «Mezon ul-avzon», «Majolis un-nafois», «Muhokamatul-lug’atayn», «Xazoyin ul-maoniy» asarlari turkiy adabiyotning eng nodir durdonalari hisoblanadi.

Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi “Xamsa” asaridir. Navoiy 1483-yilda turkiy tilda birinchi bo’lib «Xamsa» yozishga kirishdi va qisqa muddat ichida besh yirik dostondan iborat asarni yozib tugatdi. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo’r shodliklar bilan qarshi oldi. Navoy ”Xamsa”si yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb masalalarini qalamga oldi. Besh doston bir-biri bilan mustahkam bog’langan. Masalan, ”Hayrat ul-abror”da umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo’yadi, keyingi dostonlarda taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga harakat qiladi.

1500-yilda buyuk mutafakkirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o’zida jamlagan «Mahbub ul-qulub» asari maydonga keldi. Bu buyuk adibning so’nggi asari edi.
Alisher Navoiy – g’azal mulkining sultoni. Faqat o’zbek she’riyatidagina emas, butun turkiy adabiyotda hech kim ungacha ham, undan keyin ham u yaratganchalik g’azal yozmagan. Navoiy – avvalo, lirik shoir. U bolalik chog’laridan umrining oxirigacha she’rlar yozdi. Shoir eski o’zbek va fors-tojik tillarida o’zidan boy lirik meros qoldirdi. Xususan, o’zbek lirikasini yangi bir pog’onaga olib chiqdi. Shoir lirikasining asosiy janri esa g’azal edi. Uning lirik she’rlari jami sakkiz devonga jamlangan. Shundan yettitasi turkiy, bittasi forsiy lirikadan tashkil topgan.
Alisher Navoiy milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimiz g’ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan buyuk shahs, o’zbek va turkiy xalqlar shoiri, mutafakkiri va davlat arbobidir.
«KELMADI» RADIFLI G’AZAL

«Kecha kelgumdur», – debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’a-vu, ul sho’xi badxo’ kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro’zgorimdek ham o’lg’anda qorong’u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi.
«Ko’ zlaringdin necha suv kelgay?!» – deb o’lturmang meni,
Kim bo’ri qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’ydi qadam
Yo’lg’akim, avvalgadam ma’shuqe o’tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.
«Badoye’ ul-vasat»ning 608-g’azali.

________________________________

O'zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi Vatandoshlar Jamoat Fondi

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
Facebook
Instagram