📚 Milliy Madaniy Markaz kutubxonasini ochiq deb e’lon qilamiz!!!

Milliy Madaniy Markaz kutubxonasi – haqiqiy ma’naviyat xazinasidir. Bu yerda mumtoz, zamonaviy, xalqaro, o´zbek milliy va shved adabiyotlari bilan birga har xil yosh toifalariga mos keladigan turli janrdagi ajoyib asarlar jamlangan.
Kutubxonamizning faxri – adabiyotning nodir durdonalar to´plami bo‘lib, ular vatandoshlarga ma’naviy ozuqa, ilhom va yangi ufqlarni ochish imkoniyatini taqdim etadi.
Kutubxona-bilim va ma’rifatni targ‘ib qilish yo‘lida yurtdoshlarga keng tanlov berib yangi dunyo, tafakkur va yangi kashfiyot sari imkon ochadi.

🎁 Maxsus sovg´amiz:
Bu ajoyib sana munosabati bilan barcha vatandoshlarni tabriklab, kitob o‘qish zavqini baham ko‘rish maqsadida birinchi uchta kitob olib turmoqchi bo´lgan yurtdoshlarimizga bitta kitob sovg‘a qilinadi!
Bilim va ma’rifatni birga ulashaylik! O‘qish madaniyatini keng targ‘ib qilish va kitobsevar do‘stlarimizni onlayn kutubxonamizga taklif etamiz!
Homiylar

Kutubxonadan kitob olib turish tartibi:
- Bizga kerak: faqat elektron pochtangiz va telefon raqamingiz. Shaxsni tasdiqlash kerak emas.
- Sahifamizdan 1-3 ta kitob tanlang: https://uzbekkultur.se/kutubxona/
- Tanlangan kitoblarning nomlarini uzbekisktkulturcenter@gmail.com e-postga yozib yuboring.
- Kitoblarni elchixonadan qachon olib ketishingiz haqida javob kuting! (Taxminan har oyning oxirgi jumasida).
Ma´lumot:
- Kitob olib turish bepul, uni qarzga berish yoki sotish qat’iyan man etiladi.
- Har bitta kitobni 1 oy muddatiga olib tursa bo´ladi.
- Agar kitob navbattiga hech kim turmasa, e-post orqali vaqtni cho´zdirishingiz mumkin, aksincha kitobni belgilangan muddatda elchixonaga qaytarish kerak.
- Kitoblarni topshirish muddati yaqinlashganda eslatma xabarini olasiz.
📖Kitoblarni avaylab, o‘z vaqtida qaytarish muhim, chunki bu boshqa yurtdoshlarga ham ulardan foydalanish imkoniyatini yaratadi va kutubxonamizning uzoq muddatda diasporamizga xizmat qilishini ta’minlaydi.
ADABIYOTLARIMIZ














































































O‘zbekistondagi BMB Holding kompaniyasi (https://bmb-holding.uz) va Shvetsiyadagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi tashabbusi bilan Shvetsiyadagi Zilola Yulchieva rahbarligidagi O´zbek Milliy Madaniy Markazga adabiy kitoblar topshirish taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari ushbu kitoblar Daniya va Norvegiya Milliy Madaniy Markazlariga ham yetkazilib, chet eldagi vatandoshlarimizning madaniy va ma’naviy ehtiyojlariga xizmat qiladi!
Bu xayrli ish vatandoshlarimizga ona tilida mutolaa qilish imkoniyatini kengaytirib, milliy merosimizni asrash va targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.
Yaqin kunlarda Shvetsiyadagi Milliy Madaniy Markazning rasmiy sahifasida (https://uzbekkultur.se/) kutubxona bo‘limi ochilishi rejalashtirilgan. Shvetsiyada yashovchi barcha qiziquvchilar ushbu kitoblarni bepul olib turish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shvetsiyada o‘zbek tilida kutubxonaning ochilishiga birinchi katta qadami bo‘lib, kelgusida kitob mutolaasi va ilm-ma’rifatni yuksaltirish yo‘lida bunday tashabbuslar ko‘payib, kutubxonamizda turli janr va yoshlarga mo‘ljallangan adabiyotlar soni yanada kengayishiga maqsad qilamiz.
Milliy madaniyat va ma’rifatni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus uchun BMB Holding kompaniyasi va elchixonaga minnatdorchilik bildiramiz!
Hurmat bilan,
Milliy Madaniy Markaz
