Milliy san´at

”Borliq naqadar go´zal!!!” – Botir Zokirov


BOTIR ZOKIROV HAQIDA HUJJATLI FILM

“1966 yil, 6 avgust. Salom Parij! Muhtasham ko´chalar, Passage Verdeau mehmonxonasi. Olimpiya saxnasida mashg´ulot bo´ldi. Parij, o´zga sayyoraning o´zginasi! Yelisey maydoni, Zafar Arki, Eyffel minorasi, Bastilliya maydoni, Luksemburg bog´i, Notr – Dam, Sorbonna, tunda chervo bozorini ko´rdik. Oxirgi pulimni harj qildim.

Menga aytishlaricha, men qo´shiqlarim orqali odamlarga xursandchilik ulashar ekanman. Demak mehnatlarim zoyi ketmabdi. Men bundan xursandman. Chunki men bundan ortiq hech narsa bera olmayman. Faqat, faqat musiqa qoladi. Xastalik esa ohanga aralashib ketdi. Hech qisi yoq… Axir musiqa yangrayapti, borliq naqadar go´zal!”

Muallif: Botir Zokirov kundaligidan

https://www.youtube.com/watch?v=5OsI_u6YPd8


26-aprel 1936 yil, atoqli o‘zbek afsonaviy ijodkori, xalq artisti, xonanda, rassom va adabiyotshunos Botir Karimovich Zokirovning tavallud topgan kunlaridir!

U turli janrlarda qo‘shiqlar kuylagan: o‘zbek xalq qo‘shiqlari, o‘zi bastalagan qo‘shiqlar, o‘zbek va rus bastakorlarining qo‘shiqlari, shuningdek, xorij shlyagerlarini, asl ko‘rinishida kuylab, bir nechta xorij tillarini bilgan. Xalqning sevimli san’atkori, uni o‘zbek madaniyat va san´at yulduzi deyishgan. Nafaqat ona yurtida, balki chet davlatlarda ham cheksiz qadrlanadi. Uning qo‘shiqlari hamisha jaranglaydi, undan tashqari qilgan xayrli ishlari haligacha yashashda davom etmoqda.

Toshkent Davlat konservatoriyasining vokal fakulteti hamda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini rejissyorlik fakultetida tahsil olgan. 1956-yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etadi va tez orada shuhrat va e’tirof qozonadi. Xonandaning ovozini bir eshitgan odam, albatta, uning ovozini eslab qolar, qo‘shiqlariga mehr qo‘yar edi. U qalb tubidan larzaga soluvchi toza, ta’sirchan, betakror va yumshoq-ovoz tembriga ega bo‘lgan.

1957-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro yoshlar va talabalar festivalida u ilk bor “Arab tangosi”ni ijro etgan. Plastinkaga yozib olingan bu qo‘shiq yashin tezligida dunyo bo‘ylab tarqaldi va uning iqtidori shinavandalari tomonidan hanuz sevib kelinadi. 50-60-yillar oxiriga kelib, u turli janrlardagi ijrochi sifatida ko´plab davlatlarda juda mashhur bo‘lgan.

Tabiat unga noyob ovozni taqdim etgan. U bor vujudi bilan kuylagan: opera ariyalari, o‘zbek xalq qo‘shiqlari, sovet bastakorlarining qo‘shiqlari, xorij shlyagerlari. Uning ovozi radio va televideniyalarda jaranglagan, konsertlari havaskorlari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, yakkaxon konsertlarida ortiqcha qadam bosishga joy bo‘lmagan.
Xonandaning boy repertuari ham barchani hayratga solar edi. Ushbu repertuardan mohirona ijrodagi o‘zbekcha qo‘shiqlarigina o‘rin olmagan — hozirgacha hech kim uning go‘zal va ifodali ijrosi bilan raqobatlasha olmaydi. 60-yillar o‘zbek estradasida aynan uning ijrosida italyan, fransuz, ispan, rus va yunon tilidagi qo‘shiqlar jaranglay boshlagan.

Botir Zokirov O‘zbekiston Davlat estrada orkestrining tashkilotchilaridan biridir. O‘zbek estrada san’atining rivoji uning ijodi ila boshlangan bo‘lib, milliylik mavzusiga yuzlangan o‘ziga xos milliy chizgilari bilan ajralib turadi.

1972-yil Botir Zokirov Toshkent shahrida Sharqdagi ilk Musiqiy-xollni yaratib, uni boshqargan, shuningdek, rejissyori, badiiy rahbari va yetakchi xonandasi ham bo‘lgan. U sharq folklorini zamonaviy estrada yo‘nalishlari ila birlashtirib, musiqachilar va keng omma orasida unga bo‘lgan qiziqishning uyg‘onishini uddasidan chiqqan.

Xonanda hali 30 yoshni qarshi olmay, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti unvoni bilan taqdirlangan. B. Zokirov boshqa ko‘plab ijod sohalarida iqtidorli bo‘lgan: tasviriy san’at, rejissura, tavsifchilik. Kinoda ham suratga tushgan. Botir Zokirov ishtirokidagi eng mashhur filmlardan biri “Dahoning yoshligi” bo‘lib, 1982-yil rejissyor Elyor Ishmuhamedov tomonidan suratga olingan.

Sevimli xonandamiz bilan birga Baxtiyor Ixtiyorov, Furqat Fayziyev, Ato Muhammadjonov, Ra’no Kubayeva, Vitautas Tomkus, Vasiliy Chxaidze, Djanik Fayziyev, Shuhrat Ergashev, Murod Rajabov, Leonard Babaxanov, Konstantin Butayev, Maqsud Mansurov, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Rustam Urazayev, Javlon Hamroyev, Juna Davitashvili kabilar suratga tushishgan.

Botir Zokirov respublika bo‘ylab ko‘p safar qilgan. Zokirovlar oilasida barcha iqtidorli bo’lgan: Naufal Zokirov, Luiza Zokirova, Farruh Zokirov, Nargiz Zokirova va boshqalar. Botir Zokirov hayotdan uzrsiz barvaqt ko‘z yumdi. Yoshligidan og‘ir betob bo‘lgan va go‘yoki, oz muddat ichida istagan barcha ishlarini bajarishga ulgurishga shoshganday. 1985-yil 23-yanvar kuni Toshkent ahli qo‘shiqchi bilan vidolashdi. U Chig‘atoy nodir qabristonidan qo‘nim topdi.

O‘zbekiston Respublikasining sobiq Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Botir Zokirov o‘limidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Shuningdek, uning eng katta mukofoti — butun xalq muhabbati va uning ulug‘ xotirasidir. Har yili uning tavallud kunida ko´plab milliy madaniy markazlarda “Botir Zokirov kechasi” tadbirlari o´tkazilib, uning ijodini maroq bilan eslashadi.


Rassom – Bajigeev V.

Bajigeev V. 1952 yil Toshkent viloyatida tavallud topgan.  Bajigeev butun umr tasviriy sanʼat sohasida ijod qilib kelmoqda. U fanerada turli usullarni qoʻllab badiiy asarlar yaratuvchi sanʼatkordir. Bajigeev o´zbek milliy rassomi bo´lib, O´zbekiston qadimiy yodgorliklarni did bilan yozib bo´yashda hissasini qo´shib kelmoqda.

Rassom: Bajigeev V. ”Koʻhna Ark, Xiva, XVIII”
Rassom: Bajigeev V. ”Shaxrisabz-Ko´cha”
Rassom: Bajigeev V. ”Buxoro – maydon”
Rassom: Bajigeev V. ”O´zbekiston tarixi davlat muzeyi”, 1976 yil, Toshkent
Rassom: Bajigeev V. ”Buxoro – ko´cha devorlari”
Rassom: Bajigeev V. ”Buxoro – qalʼa devorlari”
Rassom: Bajigeev V. ” Buxoro – ko´cha devori va tuya”
Rassom: Bajigeev V. ”Xiva”
Rassom: Bajigeev V. ”Samarqand-Panorama”
Rassom: Bajigeev V. ”Buxoro – Panorama”

O'zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi Vatandoshlar Jamoat Fondi

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
Facebook
Instagram