

O‘zbek tilidagi onlayn maktabning tantanali ochilish marosimiga barchani taklif etamiz!
Dastur:
So‘zga chiqadilar:
Xalqaro Nordik Universiteti rektori
O’zbekistonning Shvetsiyadagi Elchixonasi vakillari
Milliy madaniy markaz rahbari
Murabbiylar: Onlayn kurs haqida ma’lumot (birinchi dars – 3-may)
O´zbek tili onlayn maktabi haqida savol javoblar, taklif va xohishlar.
Taklifnomani ko´ring!
Sana: 2025-yil 26-aprel
Vaqt: Shvetsiya vaqti bilan 17:00-18.00
Manzil: Zoom: https://us06web.zoom.us/j/88659687486…

O‘zbekistondagi BMB Holding kompaniyasi (https://bmb-holding.uz) va Shvetsiyadagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi tashabbusi bilan Shvetsiyadagi Milliy Madaniy Markazga adabiy kitoblar topshirish taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari ushbu kitoblar Daniya va Norvegiya Milliy Madaniy Markazlariga ham yetkazilib, chet eldagi vatandoshlarimizning madaniy va ma’naviy ehtiyojlariga xizmat qiladi!
Bu xayrli ish vatandoshlarimizga ona tilida mutolaa qilish imkoniyatini kengaytirib, milliy merosimizni asrash va targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.
Yaqin kunlarda Shvetsiyadagi Milliy Madaniy Markazning rasmiy sahifasida (https://uzbekkultur.se/) kutubxona bo‘limi ochilishi rejalashtirilgan. Shvetsiyada yashovchi barcha qiziquvchilar ushbu kitoblarni bepul olib turish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shvetsiyada o‘zbek tilida kutubxonaning ochilishiga birinchi katta qadami bo‘lib, kelgusida kitob mutolaasi va ilm-ma’rifatni yuksaltirish yo‘lida bunday tashabbuslar ko‘payib, kutubxonamizda turli janr va yoshlarga mo‘ljallangan adabiyotlar soni yanada kengayishiga maqsad qilamiz.
Milliy madaniyat va ma’rifatni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus uchun BMB Holding kompaniyasi va elchixonaga minnatdorchilik bildiramiz!
Hurmat bilan,
Milliy Madaniy Markaz







Hurmatli Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va boshqa Scandinavia davlatlarida yashovchi aziz vatandoshlar!
So´rovnoma:
https://forms.gle/mouELzsfMFdHbMvo8
O´zbekistondagi Xalqaro Nordik Universiteti va O’zbekistonning Shvetsiyadagi Elchixonasi hamkorligida o‘zbek tilida so‘zlashish va milliy qadriyatlar asosida ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida onlayn maktab tashkil etishini rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan, sizning fikr va takliflaringizni o‘rganish maqsadida maxsus so‘rovnoma tashkil qilindi.
So´rovnomaning maqsadi:
Farzandlarimiz o´zbek tilini o‘rganishi va milliy qadriyatlarimiz asosida ta’lim olishini ta’minlash uchun dasturga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganishdir.
Anketanining to‘ldirish oxirgi muddati:

So´rovnamani shu sahifada topasiz: https://forms.gle/mouELzsfMFdHbMvo8
Sizning ishtirokingiz loyihani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tashabbusga o‘z hissangizni qo‘shishni ayamang!
Biz birgalikda kelajak avlodni o‘zbek tili va milliy qadriyatlar bilan boyitib, ularning ildizlari bilan bog‘lanishiga yordam bera olamiz!
Hurmat bilan,
Milliy Madaniy Markaz
O´ZBEK TILIDA DARSLAR
O´ZBEK TILI ONLAYN TA´LIM O´QUV PLATFORMASI

Hurmatli yurtdoshlar!
Oʼzbek tilini keng targʼib qilish maqsadida «Vatandoshlar» jamoat fondi, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan xorijdagi vatandoshlarga moʼljallangan oʼzbek tili onlayn oʼquv platformasining taqdimot tadbiri o´tkazildi.
Ushbu zamonaviy platforma yosh avlodimizga dunyoning qaysi qit´asida bo´lishidan qat´iy nazar o´zbek tiliga qiziqib, uni o´rganib rivojlantirishiga imkon beradi. Platformada ta´lim olish bepul vauni ishlatish juda qulay. Shuningdek, o´zbek tili o‘qituvchilari uchun qo‘llanma mavjud.
Kursda siz: sifatli zamonaviy ta’lim, O´zbekiston haqida ma´lumot, o´zbek tilini bosqichma bosqich o´rganish, so´z boyligini kengaytirish, erkin grafik va kurs so’ngida sertifikatga ega bo’lasiz.
Ishlatilishi:
– Ushbu saytga kiring: https://onatilim.vatandoshlarfondi.uz/
– Ro´yxatdan o´ting!
– 1-bosqichni tanlab, o´tib bo´lganingizdan so´ng keyingi bosqichlar ochiladi.
– Sertifikat oling!
– Saytni ishlata ololmasangiz: uzbekisktkulturcenter@gmail.com mailiga murojat qiling.


O’zbekiston Milliy kutubxonasi saytida elektron kitoblarning ochiq bazasi mavjud. U yerda o´zbek tilida minglab turli yosh, mumtoz/zamonaviy, milliy/xorijiy va har-xil janrdagi kitoblarni bepul yuklab olib, pdf formatida o’qishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tish talabi yoq. Rasmlarda ayrim kitoblarni ko’rishingiz mumkin.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi sayti: https://qr.natlib.uz/book/all?page=0
