O´zbekiston madaniy maskanlari

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri

Alisher Navoiy Davlat Akademik Katta Teatri

Alisher Navoiy Davlat Akademik Katta Teatri yoki GABT (Государственный Aкадемический Большой Tеатр) O’zbekistonning Toshkent shahrida joylashgan teatr opera va baletga oid bo’lgan ahamiyatli san’at markazidir. Teatr nomi mashhur o’zbek va fors tilida ijod qilgan shoir, adib va o´zbek tili asoschisi, buyuk Alisher Navoiy nomi bilan atalgan.

Teatr tarixi 1929-yilda boshlangan. U o’zbek xalq san’ati, musiqa va xoreografiya sohasida yaratilgan asarlar bilan bog’liqdir. Teatrda mumtoz va zamonaviy o’zbek dramaturgiyasining asarlari, xalq kundaligi, drama, balet, opera va xalqaro asarlari ko’rsatiladi.

Alisher Navoiy teatri, o’zbek san’ati va madaniyati tarixidagi ahamiyatli tashqi va ichki sahnalarda namoyishlar, shou-programmalar va konsertlar bilan ham tanilgan. Teatr tashkil etilgan va qo’llab-quvvatlangan davlat dasturlari orqali san’atni rivojlantirish, ta’lim va madaniyatni mustahkamlash maqsadida faoliyat yuritmoqda.

Teatr bu san´at maskanig´oyalar uchog´i, madaniyatning beshigi bo´lib tomoshabinga ibratxona bo´lib xizmat qiladi.

Teatrga tashrif buyuring, teatr bilan do´st bo´ling!

Alisher Navoiy teatri haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun ushbu sahifalarga o´ting:

Webbsayt: https://gabt.uz/uz/

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/

Telegram: https://t.me/gabtuzb

Instagram: https://instagram.com/gabt.uz

Hurmat bilan,

Milliy Madaniy Markaz

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatriga masofadan tashrif buyuring. Xalqaro opera va balet, Toshkent Bahor festivali, 2024. Rigoletto operasidan parcha.


Besök den Statliga Akademiska Stora Teatern i Tasjkent på distans, uppkallad efter Alisher Navoij. Internationell opera- och balett, Tasjkent vårens festival, 2024. Utdrag ur operan Rigoletto.


https://uzbekistan360.uz/ru/location/i-v-savitskij-nomidagi-korakalpok-davlat-san-at-muzejiqwu?fbclid=iwar1-4xgmt_cuyrbucpo8ao08ymwh6jglg-9rvezaqc5mtar_nrkqxqkspdk


I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi – respublikadagi yirik muzeylardan. Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa’y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san’ati asarlari negizida asos solingan. Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kv.m. Muzey xalq amaliy san’ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san’ati, 1920-30-yillar o‘zbek va rus tasviriy san’ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma’rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta’mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud (2004).

Muzey fondida 1920- 30-yillarda avangard rassomlar yaratgan asarlar to‘plangan. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik, to‘qimachilik (ayniqsa, o‘tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san’at bo‘limida jamlangan.
Qadimiy Xorazm san’ati bo‘limi muzeyning arxeologik guruhlari tomonidan qo‘lga kiritilgan topilmalar hisobiga yanada boyimoqda. Tasviriy san’at bo‘limi to‘plami, ayniqsa, serqirra: to‘plamni qoraqalpoq rassomlari (I.Savitskiy, K.Soipov, J. Quttimurodov, D.To‘raniyozov va b.), O‘rta Osiyo rassomligining keksa avlodi A.Volkov, M.Qurzin, A.Nikolayev (Us to Mo‘min), N.Karaxan, O‘.Tansiqboyev va boshqaning katta ahamiyatga ega asarlari tashkil etadi. Shuningdek, 1920-30-yillarda faol ijod etgan rus rassomlari A.Shevchenko, R.Falk, V.Muxina, I.Grabar asarlari bilan bir qatorda ijodi deyarli o‘rganilmagan.R.Mazel, K.Redko, A.Safronov va boshqaning asarlari ham qo‘yilgan.

Muzey eksponatlari monografiya (etyud, chizgidan tortib to yetuk asarlar) tartibida to‘plangani bilan ham qimmatlidir. Yana muzeyning o‘ziga xosligi eksponatlarning zich joylanishi, ekspozitsiyalarda to‘plamni to‘laqonli namoyishiga erishganidadir. Muzey san’at asarlarini to‘plash, targ‘ib etish, kataloglar chop etish, ko‘rgazmalar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Muzey qoshida gilamchilik ustaxonasi ishlab turibdi; «Nukus muzeyining do‘stlari» klubi faoliyat olib boradi, ko‘rgazmalar uyushtiradi. Muzey Xalqaro muzeylar qo‘mitasi(IKOM) a’zosi.
Muzey 1968-69 yillarda Moskvadagi Sharq muzeyida Qoraqalpoq to‘plamini ilk bor namoyish etdi. 1970 yildan respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va boshqa ko‘rgazmalarda ishtirok etadi.

Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif

Andijon viloyatining tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1934 yilda qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi asosida tashkil etilgan. Muzeyning bo‘lim va filiallari 6 ta binolarda joylashgan. 2017-yilda Andijon viloyati O‘lkashunoslik, Adabiyot va san’at muzeylari negizida qayta tashkil topgan.

Uning qadimiy va antiqa boyligini tomosha qilish imkoniga ega bo´ling!

Manzil: Andijon shahri. A.Fitrat ko‘chasi 259-uy.


Mirzo Ulug´bek rasadxonasi va muzeyiga tashrif

Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biridir. Bino 1428-29-yillarda Koʻhak(Choʻponota)tepaligida, Obirahmat arigʻi boʻyida bunyod etilgan. Rasadxona silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30,4m dan iborat ulkan bino boʻlib, unda radiusi 40,2 metrli gigant-kvadrant boʻlgan. Kvadrantning janubiy qismi yer ostida joylashgan boʻlib, qolgan qismi shimol tomonda yer sathidan 30 metr baland boʻlgan.


Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Toshkent

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga 1939-yilda asos solingan. Bu O‘zbekistonning yirik ilmiy-ma’rifiy muassasalaridan biri. Bu yerda o‘zbek xalqining adabiy merosi yodgorliklari saqlanadi.

Muzey fondida mamlakatimiz yozuvchi va shoirlarining hayoti va faoliyati haqida 65 mingdan ortiq hujjat to‘plangan.

Shuningdek, bu yerda 17 mingdan ortiq eksponat mavjud: o‘zbek madaniyati va adabiyotining ko‘p asrlik tarixini aks ettiruvchi san’at asarlari, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar, filmlar, arxeologik yodgorliklar.


Abu Ali Husayn ibn Abdulla ibn Sino yodgorlik majmuasi-muzeyi, Buxoro

1980-yilda faylasuf va olim Abu Ali Ibn Sinoning 1 000 yilligi sharafiga yodgorlik majmuasi-muzeyi qurilgan. Ibn Sino aniq fanlar, falsafa, tibbiyot va san’atda katta iz qoldirgan.
Muzey tarkibiga bir nechta zal, dam olish xonasi, konferens-zal, video kutubxona va X–XI asr madaniyatining 400 dan ortiq eksponatlar kiradi. Buxoro tarixining Ibn Sino davri bilan bog‘liq qo‘lyozma nashrlari, moddiy va ma’naviy madaniyat, tibbiy asboblar muzeydan joy olgan.

O´ZBEKISTON TASVIRIY SAN´AT GALEREYASI
https://www.instagram.com/art.gallery.of.uzbekistan/?igsh=ZmNoZWxranBsbnpj

O´ZBEKISTON TASVIRIY SAN´AT GALEREYASI

O’zbekiston Tasviriy San’at Galereyasi 2004 yil Mustaqillik kuni arafasida O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, Islom Karimov tomonidan ochilgan. O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Bankining rangtasvir, grafika va numizmatika namunalaridan iborat to’plam galereyaning tashkil topishiga asos bo’ldi.

Galereya XX asr O’zbekiston tasviriy san’atining barcha davrlari, san´at maktablar ishlari, turli san´at yo’nalishlari va yetuk rassomlar ijodini o’zida aks ettirgan boy to’plamiga ega. Hozirgi vaqtda galereyaning rangtasvir va grafika to’plamida 1000 dan ortiq eksponati mavjud. Galereyaning numizmatika to’plami O’rta Osiyo hududida qadimdan to hozirgi davrgacha muomalada bo’lgan ulkan tarixiy, madaniy va ilmiy qimmatini o’zida aks ettiradi. Bundan tashqari mazkur to’plam 2 500 dona noyob tangalardan tashkil topgan.

Galereyaning asosiy faoliyati xalqimizni va yurtimiz mehmonlarini mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning boy badiiy madaniyati bilan tanishtirishdir.

Galereya binosi barcha zamonaviy dunyo muzeylari kabi yuqori talablariga javob beradi. Katta ko’rgazma maydoni 3 500 kv. m. bo´lib undan tashqari galereyada 15 ta zal makoni, eksponatlarni saqlash fondima’ruzalar zali, ta’mirlash ustaxonasi va bolalar ijod studiyasi mavjud.

Galereya faoliyatida O´zbekiston Respublikasi va xalqaro keng ko’lamli madaniy ko´rgazmalar tizimli ravishda o’tkaziladi.

Galereyadagi rasmlardan zavqlaning!

https://drive.google.com/drive/folders/15frcOPOaxRuArfN-VhRszJKlsUxSWz6b?usp=drive_link

Galereyaga tashrif buyurish:

Masofadan: https://www.instagram.com/art.gallery.of.uzbekistan

Manzil: Toshkent shahar, Buyuk Turon 2, Mustaqillik Maydoni metro bekati


TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI
https://temurid.uz/


O´ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI
https://history-museum.uz/


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent
https://www.natlib.uz/

O‘zbekiston san’at muzeyi, Toshkent
https://www.stateartmuseum.uz/

O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga 1918-yilda asos solingan. 1935-yilgacha muzey knyaz N.Romanovning sobiq qarorgohida joylashgan, keyin Halq uyi binosiga ko‘chgan. 1974-yilda kvadrat hajmga ega zamonaviy muzey binosi barpo etilgan.

Muzey ekspozitsiyasida o‘zbek, rus va G‘arbiy Yevropa rassomlarining ishlari taqdim etilgan, ularning orasida o‘rta asrlar italyan, frantsuz va nemis tasviriy san’at namoyondalarining asarlaridan iborat to‘plam ham bor.Bu N.N.Karazinning ”Lochin ovi”, Z.M.Kovalevskayaning ”Hovli”, A.F.Bellolining ”Cho‘milayotgan ayol” va boshqa kartinalar.


Milliy ko’rgazma kompaniyasi AJ ”O’zekspomarkaz, Toshkent
https://www.uzexpocentre.uz/uz


O'zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi Vatandoshlar Jamoat Fondi

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
Facebook
Instagram