O’zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Elchixonasi hamda Vatandoshlar Jamoat Fondi hamkorligida tashkil etilgan o´zbek Milliy Madaniy Markaz.
Asosiy maqsadimiz:
Shvetsiyadagi o´zbek diasporasini jipslashtirish.
Vatanimizning madaniyati haqida kengroq ma´lumot berish, unga qiziqtirish, o´z millati bilan faxrlanish va o´zligini saqlab qolishga yordam berish.
O´zbegimning qadr-qimmati cheksiz: bag´rikenglik, g´amho´rlik, mehribonlik, ahillik, birdamlik, mehmondo´stlik, fahm-farosat, xurmat, go´zal muomala, ibo-hayo, kamtarlik va boshqa cheksiz xususiyatlari buyuk avlod-ajdodlarimizdan bizga meros bo´lib qolgan. Ushbu fazillatlarimizni qadrlab, ularni yosh avlodga yetkazib berish .
O´zbek tili, madaniyat, san´at, buyuk allomalar, diqqatga sazovor joylar, adabiyot, tarix, geografiya va milliy urf-odatlar haqida: ma´lumotlar, tadbirlar, ko´rgazmalar va marosimlarni tizimli ravishda o´tkazish.
O’zbek madaniyatiga qiziqqan barcha mehmonlar uchun eshigimiz hamisha ochiq bo´ladi. Milliy madaniy markaz – madaniyat va sport masalalari bilan shug´ullanadi. Hush kelibsizlar!
Markazimizda faol qatnashmoqchi bo´lsangiz ushbu elektron pochtaga murojat qiling: uzbekisktkulturcenter@gmail.com
Rasmiy sahifa