Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan.
Tashrifnoma

Milliy Madaniy Markaz – Ideell förening
O’zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi va Vatandoshlar Jamoat Fondi ko´magida tashkil etilgan notijorat jamoa bo´lib, volontyorlar tomonidan yurg´iziladi.
Asosiy maqsadimiz:
Shvetsiyadagi o´zbek diasporasini jipslashtirish, tarixiy vatanimiz
atrofida birlashtirib, madaniy oziqa olish, ta´lim tarbiya, sport va
o´zbek tilini saqlab qolishdir.

Volontyor kim?
Ijtimoiy foydali faoliyat bilan bepul shug’ullanadigan shaxs!
O´z xohishi va ishtiyoqi bilan Shvetsiyadagi o´zbek disaporasi uchun ixtiyoriy ravishda, o´z hissasini qo´shishni istaydigan, vatanparvarlik ishlarini yuritadigan inson.
Ushbu volontyorlik faoliyati hech qanday imtiyoz bilan qoplanmaydi!
O´zbekiston va Shvetsiya madaniyati haqida kengroq ma´lumot berish, madaniyat sohasida hamkorlik qilish, unga qiziqtirish, o´z millati bilan faxrlanish va milliy o‘zlikni saqlab qolishni qo’llab quvvatlash.
O´zbegimning qadr-qimmati cheksiz:
bag´rikenglik, g´amho´rlik, mehribonlik, ahillik, birdamlik, mehmondo´stlik, fahm-farosat, xurmat, go´zal muomala, ibo-hayo, kamtarlik va boshqa cheksiz xususiyatlari buyuk avlod-ajdodlarimizdan bizga meros bo´lib qolgan. Ushbu fazillatlarimizni qadrlab, ularni yosh avlodga yetkazib berish.
O´zbek tili, madaniyat, san´at, buyuk allomalar, tarix va tarixiy yodgorliklar, adabiyot, geografiya va milliy urf-odatlar haqida: ma´lumotlar, tadbirlar, ko´rgazmalar va marosimlarni tizimli ravishda o´tkazish.
O’zbek madaniyatini sog´ingan yoki unga qiziqqan barcha mehmonlar Milliy Madaniy Markazimizga marhamat.
Xalqlar do´stligimiz abadiy bo´lsin!
Milliy madaniy markaz – madaniyat va sport masalalari bilan shug´ullanadi. Markazimizga a´zo bo´lib yozilmoqchi bo´lsangiz yoki faol volontyor sifatida qo´shilmoqchi bo´lsangiz ushbu elektron pochtaga murojat qiling:
uzbekisktkulturcenter@gmail.com
Hamkorlar: O’zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi, Vatandoshlar Jamoat Fondi
Projektet startades av
Djasur Djurabaev
konsult vid Uzbekistans ambassad.
Projektet drivs & granskas av legitimerad lärare
Zilola Yulchieva.
Vi följer den demokratiska värdegrunden, dataskyddsförordningen (GDPR) och tystnadsplikt/sekretess.
Biz demokratik qadriyatlarga, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish qoidalariga (GDPR) va maxfiylikka amal qilamiz.
Sahifamizdagi barcha ma’lumot va manbalar yuridik hamda ta’lim sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tahlil qilinib yuklanadi.
Xush kelibsizlar!

Djasur Djurabaev – Shvetsiya Qirolligidagi O´zbekiston Respublikasining konsul janoblari;
Zilola Yulchieva – Salem, ona-tili o´qituvchilar bosh metodisti, Milliy Madaniy Markaz rahbari;
Gulchehra Sharifboeva– Flemingberg, Butaland bog´chasining maktabgacha ta’lim muassasasi o’qituvchisi;
Nodir Ganiev-Shvetsiya Qirolligidagi O´zbekiston Respublikasining birinchi elchi janoblari, 6/1-2024, Elchixona, Stokgolm;

Djasur Djurabaev – Shvetsiya Qirolligidagi O´zbekiston Respublikasining konsul janoblari, 6/1-2024, Elchixona, Stokgolm.





Djasur Djurabaev – Shvetsiya Qirolligidagi O´zbekiston Respublikasining konsul janoblari, 6/1-2024, Elchixona, Stokgolm.

Здравствуйте Диля Максумова! Благодарим вас за ваш отзыв. С уважением, Миллий Маданий Марказ
Доброе время суток дорогие соотечественники! Нечаянно попала на ваш сайт, подписалась! И не жалею! С удовольствием наблюдаю за вашими работами,…
Здравствуйте! Очень рады что вам нравится! Благодарим за отзыв и добро пожаловать на наш сайт. С уважением, Milliy Madaniy Markaz
Здравствуйте! Очень интересный сайт и информативные публикации! Спасибо большое за ваш огромный труд!
Vaaleykum assalom! Katta rahmat! Xush kelibsiz!
Lämna ett svar